06/06/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subektlarining YaHMdagi ulushi 64,5 % ni tashkil etdi. Joriy yilning 1- aprel holatiga, faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 24,5 ming taga yetdib, yanvar-mart oylarida 1,3 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) tashkil qilindi.
Dastlabki uch oyi yakunlari boʼyicha kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan asosiy kapitalga 2,2 trln. soʼmglik investitsiyalar yoʼnaltirilib, 1 trln. 232,8 milliard soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan. Sanoat ishlab chiqarish hajm esa 2 trln. 41,4 milliard soʼmni tashkil etdi va bozor xizmatlarining koʼrsatish hajmi 1,9 %ga oshdi.
Kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan 52,5 million АQSh dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksporti hamda 123,1 million АQSh dollari miqdorida importi amalga oshirildi.

А. Javharov
Viloyat statistika boshqarmasi boʼlim boshligʼi