Namangan muhandislik qurilish inistitutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Namangan viloyati statistika boshqarmasi tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Statistika agentligi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich, Namangan viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida dastlab, Zoyir Yuldoshev O‘zbekiston Respublikasida demografik ko'rsatkichlarni shakillantirish, doimiy aholi sonini hisoblash, aholi zichligi, aholi migratsiyasi, fuqarolik holatlari dalolatnomalari integratsiyasi, bu borada amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev kun tartibidagi masalalar bo‘yicha talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Muloqot yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Axborot xizmati