2023- yil iyun oyida taqdim etish lozim bo‘lgan hisobotlarni muddatidan kechiktirmay taqdim eting.
№ | Hisobot shakli | Hisobot mazmuni | davriyligi | Taqdim etish muddati |
1 | 12-moliya | “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot” | oylik |
hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay |
2 | 12-korxona | “Tashkilotning faoliyati to‘g‘risida hisobot” | oylik |
hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay |
Barcha turdagi davlat statistika hisobotlari to‘liq elektron shaklda qabul qilinadi.
Elektron raqamli imzoga ega bo‘lmagan yoki ERI kalitning amal qilish muddatlari tugagan subyektlar zudlik bilan elektron raqamli imzoni olishlari yoki muddatlarini yangilashlari lozim, aks holda Davlat Statistika hisobotlarini o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda topshirish imkoniyati bo‘lmaydi, bu o‘z navbatida amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ya’ni mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Internet tarmog‘i vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 4.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni) ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Hisobotni taqdim etishda yuzaga keladigan barcha muammolalar bo‘yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: (0369) 228-25-28
NAMANGAN SHAHAR DAVLATOBOD TUMANI STATISTIKA BO‘LIMI