2023- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subektlarining YAHMdagi ulushi 64,5 % ni tashkil etdi.
Joriy yilning 1- aprel holatiga, faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 24,5 ming taga yetdib, yanvar-mart oylarida 1,3 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi.
Dastlabki uch oyi yakunlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan asosiy kapitalga 2,2 trln. so‘mglik investitsiyalar yo‘naltirilib, 1 trln. 232,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Sanoat ishlab chiqarish hajm esa 2 trln. 41,4 milliard so‘mni tashkil etdi va bozor xizmatlarining ko‘rsatish hajmi 1,9 %ga oshdi.
Kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan 52,5 million AQSH dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksporti hamda 123,1 million AQSH dollari miqdorida importi amalga oshirildi.
Javharov Akramxon
Viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i