08/06/2023

Namangan viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 52,5 million AQSH dollariga yetib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 5,8 million, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,0 million AQSH dollariga ko‘paygan va umumiy eksport hajmining 40,5 % ini tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jami eksportdagi ulushi yuqori bo‘lgan hududlar, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Norin tumanlarida 100,0 %ni, eng past ko‘rsatkich Uchqo‘rg‘on tumanida 3,3 % tashkil etgan.

Sodirali Usmanov
Viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘ribosari