08/06/2023

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2023- yil 1- aprel holatiga 3 mln. 12 ming 500 kishini tashkil etib, 2023- yil boshidan 15,0 ming kishiga yoki 0,5 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 953,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,8 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 59,0 ming kishini (35,2 %) tashkil etdi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-mart oylarida 18,6 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 9,8 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 8,8 ming nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda. 2022- yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 3,1 ming nikoh va 1,2 minta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

Yo‘ldashev Nodirbek Viloyat statistika boshqarmasi
Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i