2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trln. 43,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,3 %ni tashkil etgan.
Jami iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi esa 36,7 %ga yetgan.