2023- yil yanvar-aprel oylarida Namangan shahrining tashqi savdo aylanmasi 191,6 mln. AQSH dollarni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 33,4 % ga ko‘paydi. Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibidagi ulushi 46,5 % ga yetdi. TIF aylanmasida eksport hajmi 67,2 mln. AQSH dollarni, import hajmi esa 124,4 mln. AQSH dollarni tashkil etgan.