Joriy yilning yanvar–mart oylarida viloyatda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1 trln. 998,0 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi.
Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 93,3 % ni tashkil etdi.
Chorvachilik mahsulotlari tarkibiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2023 yilning yanvar - mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 29,0 ming tonna go‘sht, 120,3 ming tonna sut, 120,7 mln. dona tuxum, 300 tonna jun ishlab chiqarildi va 738,8 tonna baliq ovlandi.
Dadamirzayev Abdug‘appor
Viloyat statistika boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i