2023- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 2 trln. 579,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,0% ga o‘sgan.
Namangan viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining hajmida dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 2 trln. 2 173,1 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi 394,2 mlrd. so‘mni, baliq xo‘jaligi 12,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.
Xoshimov Anvarjon
Viloyat statistika boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi boshlig‘i o‘ribosari