2023- yilning 1- may holatiga Namangan viloyatida 5837 ta sanoat korxonalari faloiyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-aprel oylarida 5 trln. 942,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 1 trln. 359,0 mlrd. so‘mga ko‘paygan.
Jumladan, 2023 yilning yanvar-aprel oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 19,4 ming tonna bug‘doy uni, 9,0 ming tonna paxta tolasi, 2,8 ming. tonna yog‘ mahsulotlari hamda 236,7 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqariligan.
Jalilov Elmurod
Viloyat statistika boshqarmasi
Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig‘i