14/06/2023

 2023- yil 1- may xolatiga Namangan viloyatida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar soni 19 259 tani tashkil etib.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari xajmi 5 trln 729,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va usish surati 2022 yilning mos davriga nisbatan 117,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha xissasiga tug‘ri keladi. Ya’ni, savdo xizmatlari 1 trln 718,2 mlrd, transport xizmatlari 1 trln 234,6 mlrd. so‘mni, moliyaviy xizmatlar 1 trln 66,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 mln. 906,6 ming so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 403,6 ming so‘mga ko‘paygan.

Nasimjon Xoshimov

Viloyat statistika boshqarmasi

Xizmatlar sohasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari