14/06/2023

Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 766,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 105,4 % ni tashkil etdi. 

Dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 55,7 mlrd. so‘mni (78,4 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 88,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi (96,1 %).