2023- yilning yanvar-may oylarida To‘raqo'rg'on tumani chakana savdo tovar aylanmasi 507,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,4 % ni tashkil qildi.
Shundan: Yirik korxonalarning chakana savdo tovar aylanmasi 55,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 10,9 % ni, kichik biznes korxonalaring tovar aylanmasi 108,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 21,4 % ni tashkil qilgan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik subektlarining tovar aylanmasi 203,8 mlrd. so‘mni tashkil qilib, umumiy chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 40,2 % ni tashkil qildi va umumiy tovar aylanmasi hajmining 139,6 mlrd. so‘mi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmidagi ulushi 27,5 % ga teng bo‘ldi.
Tuman statistika bo‘limi