🛍 2023- yilning yanvar-may oyida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 6 trln. 775,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 106,0 % ga yetdi.
📊 Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 413,7 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 6 trln. 361,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
👨👩👦 O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 mln 254,8 ming. so‘mga, o‘sish sur’ati esa 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 103,6 % ga yetgan.