23/06/2023

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati 7 ta xorijiy davlatga qiymati 331,0 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 661 ming 404 litr mineral va gazlangan suv mahsulotlari eksportini amalga oshirgan. Suv mahsulotlarining katta qismi Qozog‘iston, Rossiya va Ozarbajon davlatlariga eksport qilingan.