23/06/2023

2023- yilning yanvar-may oyida Namangan viloyatida 1 trln 330,7 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 226,2 mlrd. so‘mga oshgan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining ulushi 17,7 % ni tashkil etgan.