Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati 5 ta xorijiy davlatga qiymati 61,0 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 206,2 tonna qovun va tarvuz mahsulotlari eksportini amalga oshirgan. Eksport geografiyasiga etibor qaratadigan bo‘lsak o‘tgan 5 oyda eng ko‘p qovun va tarvuz mahsulotlari Rossiyaga 135 tonna eksport qilingan.