26/06/2023

Viloyatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilmoqda.

2023- yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyat bo‘yicha 1638 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida 2 trln. 345,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,6 % ni tashkil etdi. Qurilish ishlari hajmining tarkibida yirik qurilish tashkilotlari - 5,7 %, norasmiy sektor - 26,7% hamda kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 67,6 % ni tashkil etmoqda. Hududlar kesimida eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 293,6 mlrd. so‘m, Uychi tumanida 223,4 mlrd. so‘m va Kosonsoy tumanida 209,2 mlrd. so‘mni tashkil etgan.