26/06/2023

2023- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 220 tani, shundan qo‘shma korxonalar 121 ta va xorijiy korxonalar 99 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Sanoat sohasida – 96 ta
  • Savdo sohasida – 51 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 20 ta
  • Qurilish sohasida – 13 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 6 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 ta
  • Tashish va saqlash sohasida – 6 ta
  • Boshqa sohalarda – 22 ta