27/06/2023

O’zbekistonda 2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 417 562 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 413 569 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Toshkent shahrida – 82 502 ta

Toshkent viloyatida – 38 360 ta

Samarqand viloyatida – 37 422 ta

Farg‘ona viloyatida – 35 896 ta

Qashqadaryo viloyatida – 30 810 ta

Buxoro viloyatida – 26 568  ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 154 904 ta

sanoat sohasida – 69 705 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 38 882 ta

qurilish sohasida – 34 112 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 325 ta

l1l1l1