27/06/2023

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 697 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 80,3 foizni tashkil etib va shu bilan birga 84,5 foizini (23 409 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Tumanlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 8 519 ta
  • Chust tumani – 2 323 ta
  • Pop tumani – 2 072 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 1 932 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 849 ta
  • Uychi tumani – 1 703 ta
  • Namangan tumani – 1 707 ta
  • Kosonsoy tumani – 1 683 ta
  • Chortoq tumani – 1 687 ta
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 488 ta
  • Norin tumani – 1 409 ta
  • Mingbuloq tumani – 1 325 ta