Viloyatimizda 2023- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 105 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 831 ta
- sanoat sohasida – 432 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 236 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 104 ta
- tashish va saqlash sohasida – 99 ta
- qurilish sohasida – 95 ta
- axborot va aloqa sohasida – 50 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 40 ta
- boshqa sohalarda – 219 tani tashkil etgan.