2023- yilning yanvar-may oylarida Pop tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 203,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 100,8 %ga yetgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 875,7 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 58,3 %i iste’mol mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.