06/07/2023

Viloyatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-may oylarida Uychi tumanining tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi 35,8 mln.AQSH dollarini tashkil etib, savdo aylanmasida eksport hajmi 14,0 mln.AQSH dollarini, import hajmi esa 21,8 mln.AQSH dollarini tashkil etgan. Savdo aloqalari 35 ta davlat bilan amalga oshirilgan.