06/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida Uychi tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 440,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,7 %ga yetgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 1 mln. 934,2 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 101,4 %ni tashkil etgan.

Shuningdek, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 49,3 %i iste’mol mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.