Viloyatda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar natijasida, 2023 - yilning yanvar oyi yakuni bo‘yicha tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 52,5 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga kamayib, so‘ngi uch yilda eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.
Ma'lumot o'rnida, 2023- yil yanvar-may oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 529,7 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 20,8 mln. AQSH dollariga yoki 4,1 % ga ko‘paydi.