2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 680 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida bu sohada 49 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .
Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan tumanlar quyidagilardir:
- Namangan shahri – 268 ta
- Chust tumani – 55ta
- Pop tumani – 47 ta
- Kosonsoy tumani – 44 ta