10/07/2023

2023- yilning 1- iyun holatiga Chortoq tumanida jami 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oyida qiymati 193,3 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan. Shundan, 140,1 mlrd. so‘mi yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish ishlariga to'g'ri kelgan.