12/07/2023

2023- yilning 1- iyul holatiga Chortoq tumanida jami 1677 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 1407 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdoda 755 ta, sanoatda 190 ta, qurilishda 108 ta, qishloq xo‘jaligi 128 ta, tashish va saqlash 100 ta yashash va ovqatlanish 44 ta, sog‘liqni saqlash 41 ta va boshqa sohalarda 311 ta korxonlar faoliyat yuritmoqda

 Bundan tashqari joriy yilning yanvar- iyun oylarida 190 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.