14/07/2023

2023- yil 14- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2023- yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘RQ-853-son Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.