2023-yil 13-iyul kuni 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha oliy darajadagi guruhning 31-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo'limi tomonidan tashkil etdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich va Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, kun tartibiga muvofiq, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish sohasida statistik hamkorlik, muvofiqlashtirish va salohiyatni oshirish bo'yicha quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi:
– 2024-yil noyabr oyida Kolumbiyaning Medellin shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning Butunjahon maʼlumotlar forumiga tayyorgarlik;
– Keyptaun global harakat rejasi bilan bog'liq ishlar bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash;
– global ma'lumotlarni moliyalashtirish va boshqa tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Tadbir so‘nggida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.