14/07/2023

2023- yil yanvar-may oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 91,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 13,8 % ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 29,3 % ga yetdi. Ushbu tovarlarni Namangan viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 45,3 mln. AQSH dollari (49,3 %), Turkiya — 12,5 mln. AQSH dollari (13,6 %) va Germaniya – 9,2 mln. AQSH dollari (10,0 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.