2023- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 20 trln. 100,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,5 % ga o‘sdi.
📉 YAHM deflyator indeksi 2022- yilning mos davridagi narxlarga nisbatan 110,9 % ni tashkil qildi.
👨👩👧 Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 6 mln. 671,4 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 3,1 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish surʼatlari:
🏗 Qurilish - 103,0 %
🏭 Sanoat - 107,1 %
⚒ Xizmatlar - 105,1 %
🏕 Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -105,4 %ni tashkil etgan.
✅ Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,3 % ga yetdi.