20/07/2023

2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  5 077 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 18,5 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 5 028 taga to‘gri keldi.Tumanlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 1 803 ta
  • Kosonsoy tumani – 404 ta
  • Chust tumani – 405 ta
  • Namangan tumani – 381 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 369 ta
  • Uychi tumani – 342 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 302 ta
  • Pop tumani – 265 ta
  • Norin tumani – 244 ta
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 220 ta
  • Chortoq tumani – 199 ta
  • Mingbuloq tumani – 143 ta