2023- yil 21- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 04.07.2023- yildagi “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida” O‘RQ-581-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 13.07.2023- yildagi “Ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida”gi 286-son qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.