21/07/2023

2023- yil yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanida asosiy kapitalga 242,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 146,8 %ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan investitsiyalar hajmi 1 801,1 ming so‘mni, o‘sish sur’ati esa 2022 yilning mos davriga nisbatan 143,7 % ga yetgan.

Shuningdek, investiyiya dasturi doirasida tumanda 26,3 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 %ga oshgan.