2023- yilning 1- iyul holatiga Pop tumani doimiy aholi soni 233,3 ming kishini tashkil etib, 2022- yilnnig mos davriga nisbatan 4,5 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholi soning 50,3 %ini erkaklar 49,7 %ini ayollar tashkil etadi.
2023- yilning yanvar-iyun oylarida tug‘ilganlar soni 2704 kishini, vafot etganlar soni 548 kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, 2023- yilda FHDYO organlarida 606 ta nikohlar va 216 ta ajralishlar ro‘yxatga olingan.
2023- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumani bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 103 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 229 kishini tashkil qilgan.