2023- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 506 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 78,8 foizni tashkil etib va shu bilan birga 75,9 foizini (23 216 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- Namangan shahri – 8 430 ta
- Chust tumani – 2 317 ta
- Pop tumani – 2 082 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 1 916 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 870 ta
- Kosonsoy tumani – 1 689 ta
- Chortoq tumani – 1 677 ta
- Uychi tumani – 1 674 ta
- Namangan tumani – 1 658 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 457 ta
- Norin tumani – 1 403 ta
- Mingbuloq tumani – 1 333 ta