2023- yilning yanvar-iyun oylarida Uychi tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 560,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,2 %ga yetgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 2 mln. 454,2 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 101,9 %ni tashkil etgan.
Shuningdek, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 42,0 %i iste’mol mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.