14/04/2023

2023- yil 14- aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O‘zbekiston  Respublikasining 11.04.2023- yildagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manafaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va  qo‘shimchalar kiritish haqida” O’RQ-829-son Qonunlarining mazmun-mohiyatlari bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.