26/07/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 11 trln. 12,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etgan. Shundan, 44,0 %ini dehqonchilik, 56,0 %ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etgan.