26/07/2023

Joriy yilning 26-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2023-yil II chorak yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

1_7j1a7605

Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Hayʻat yigʻilishini ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Statistika agentligi oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2023-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

2_7j1a7544

3_7j1a7555

Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  boʻyicha maʻlumot berildi.

4_7j1a7526

Onlayn tashkil qilingan ushbu Hayʻat yigʻilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ijrosini taʻminlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

5_7j1a7595

6_7j1a7584

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan oʻzgarish va tushunchalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.

7_7j1a7603

Kengaytirilgan Hayʻat yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish, ish faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

8_7j1a7535

 Matbuot xizmati