27/07/2023

2023- yilning 1- iyul holatiga To‘raqo‘rg‘on tumanida jami 1870 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 1605 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p korxonalar savdoda 672 ta va sanoatda 369 ta faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, joriy yilning yanvar- iyun oylarida 191 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.