31/07/2023

Uychi tumanida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 38,2 ming tonna donli ekinlar yetishtirilib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,0 %ni tashkil etgan. 

O‘tgan davrda 10,2 ming tonna kartoshka, 29,3 ming tonna sabzavot, 1,2 ming tonna poliz ekinlari, 7,9 ming tonna meva va rezavorlar va 180 tonna uzum yetishtirildi.

Shuningdek, tirik vazn hisobida 5 ming 224 tonna go‘sht, 21 ming 296 tonna sut, 54 mln. 496 ming dona tuxum yetishtirildi.