Joriy yilning yanvar- noyabr oylarida Pop tumanida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 308,0 mlrd. so‘mni yoki viloyat bo‘yicha jami iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning 3,4% ni tashkil etgan.
Ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlarining 179,1 mlrd. so‘mini oziq ovqat mahsulotlari, 128,9 mlrd. so‘mini nooziq ovqat mahsulotlari tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Pop tumani bo‘yicha o‘tgan 11 oyda jami 464,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, aholi jon boshiga 2 mln. 31,9 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.