22/12/2022

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra To‘raqo‘rg‘on tumanida tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 372 tani tashkil etib, ulardan 2 318 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 11 oyida To‘raqo‘rg‘on tumanida jami 348 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar umumiy sonini 6,7 % ini tashkil etmoqda.