26/12/2022

Uychi tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 889,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 11,8 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 881,7 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 7,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 968,9 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.