26/12/2022

Uchqo‘rg‘on  tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 663,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 13,6 % ga ko‘paygan.

Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 628,1 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 34,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 3 695,5 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.