27/12/2022

Chortoq tumanida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 698,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan 15,4 % ga ko‘paygan. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ulushi 681,1 mlrd. so‘mni, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 17,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 366,6 ming so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.